Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2025, Тошкент вақти: 00:25

COSCOM (Ucell) shirkati jarimaga tortildi


O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi COSCOM (Ucell) kompaniyasini jarimaga tortdi.

Qo‘mita matbuot xizmati qaydicha, monitoringlarda COSCOM shirkati tomonidan ommaviy axborot vositalarida joylashtirilgan reklamalarda bo‘rttiruvchi ma’no ifodalangani holatlari aniqlangan.

Shunga ko‘ra qo‘mita maxsus komissiyasi tomonidan kompaniyaga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgan va moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilingan.

Shuningdek, uyali aloqa operatoriga qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

Qo‘mita xabarnomasida qarordan norozi bo‘lgan tomon apellyatsiya kengashi yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega ekani eslatilgani holda, reklamalardagi “bo‘rttiruvchi ma’no” aynan nima ekaniga oydinlik kiritilmagan.

Ozodlik avval xabar qilganidek, 2021-yil fevral oyida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov 70,32% ulushiga egalik qiluvchi Rossiyaning “Megafon” va USM Telecom operatorlari Digital Holding qo‘shma korxonasini tashkil etish borasida o‘zbek tomoni bilan kelishuvga erishgandi. Yangi korxonaga Ucell kompaniyasi hamda USMning O‘zbekistondagi aktivlari – CRPT Turon va ICS Holding Uzbekistan kapitalining 100 foizi o‘tkazilgan.

O‘shanda 100 million dollarlik sarmoya evaziga 8 million abonentga ega uyali telefon operatorining nazorat paketi rus shirkatiga hech qanday tendersiz berilishi bir qator savollarni paydo qilgandi.

XS
SM
MD
LG